Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Oqqo‘rg‘on tumanida metan «zapravka» gaz ta’minotidan ajratildi

A A A
Oqqo‘rg‘on tumanida metan «zapravka» gaz ta’minotidan ajratildi

Oqqo‘rg‘on tumanida texnologik reglament talablariga zid ravishda faoliyat yuritgan metan «zapravka» gaz ta’minotidan ajratildi,deya xabar beradi O‘zenergoinspeksiya.

«O‘zenergoinspeksiya» Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan «A.M.» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan texnologik jarayonlarining amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida AGTKSh faoliyatida lisenziyalash talab va shartlariga hamda texnologik reglament talablariga zid ravishda faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab bo‘luvchi omillar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKShlar tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi.

Kiritildi: 14:49 27.05.2024. O'qildi: 1210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!