Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Oqilbek Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimidan bo‘shatilgani aytilmoqda

Oqilbek Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimidan bo‘shatilgani aytilmoqda

Oqilbek Japarov Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi va prezident administrasiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qirg‘iziston matbuoti manbalarga tayanib xabar berdi.

Xabar qilinishicha, tegishli farmonni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov imzolagan.

Shuningdek, vazirlar mahkamasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qosimaliyev vazirlar mahkamasi rahbari va prezident administrasiyasi rahbari vazifasini bajarishi to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Oqilbek Japarov 2021 yil 1 iyundan 12 oktyabrgacha vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. U bu lavozimni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga rahbarlik qilish bilan birlashtirgan.

2021 yil 13 oktyabrda u vazirlar mahkamasi raisi bo‘ldi va prezident ma’muriyatiga rahbarlik qilgan.

Kiritildi: Bugun 10:32. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!