Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Oq uy yaqinida Trampga suiqasd qilishni rejalashtirganlikda gumonlangan qurolli shaxs qo‘lga olindi

Oq uy yaqinida Trampga suiqasd qilishni rejalashtirganlikda gumonlangan qurolli shaxs qo‘lga olindi

AQSh Maxfiy xizmati agentlari Oq uy yaqinida o‘g‘irlangan avtomobil ichida bo‘lgan qurolli shaxsni qo‘lga oldi. U AQSh prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.

Lenta nashrining Shot Telegram kanaliga tayanib xabar berishicha, gumonlanuvchi Ronni Yordriks Guanipa Krinos 2024 yil mart oyida AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan Venesuela fuqarosi hisoblanadi. U avval qo‘lga olingan, ammo keyinchalik ozod qilingan.

Qo‘lga olish vaqtida u Maxfiy xizmat xodimlariga boshidagi ovozlar uni Vashingtonga borib, Oq uyning amaldagi rahbarini o‘ldirishga undaganini aytgan.

Gumonlanuvchi boshqargan avtomobil tintuv qilinganda, undan AR-15 rusumli miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘nlab o‘q-dorilar topilgan.

Ma’lum qilinishicha, Krinos avval ham o‘g‘irlik, o‘g‘irlangan mol-mulkni qabul qilish, miltiq olib yurish va boshqa o‘qotar qurollar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarda ayblangan.

Hozirda u tergov hibsida saqlanmoqda. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Kiritildi: Bugun 18:55. O'qildi: 170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik