Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Oq uy Rossiyani prezidentlik sayloviga aralashishda ayblamoqchi

Oq uy Rossiyani prezidentlik sayloviga aralashishda ayblamoqchi

Bu hada CNN xabar bermoqda.

Telekanal manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti ma’muriyati Rossiyaning harakatlarini ochiqchasiga qoralaydi, mamlakat Adliya vazirligi esa Moskvaning yashirin kampaniyasiga qarshi qaratilgan choralarni e’lon qiladi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Amerika rasmiylarining e’tibori “Kremlning tashviqot harakatlarining asosiy elementi” deb hisoblangan Rossiyaning RT telekanaliga, shuningdek, Ijtimoiy loyihalashtirish agentligiga qaratilgan. Bularning ikkalasi allaqachon AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Qo‘shma Shtatlar hukumati Rossiyaning 2016 yilgi prezidentlik sayloviga aralashuvini tekshirayotgan edi. Tergov Rossiya saylovlarga aralashgan, biroq Donald Tramp bilan til biriktirmagan degan xulosaga kelgan. 2018 yilda AQSh rasmiylari Yevgeniy Prigojin va uning “trollar fabrikasi”ga aloqador yana 12 kishini saylovlarga aralashishda aybladi. Rossiya tomoni har doim AQSh saylovlariga aralashuvni haqidagi ayblovlarni inkor etib keladi.

Kiritildi: 00:20 05.09.2024. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!