Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

OpenAi'ning sobiq bosh direktori Sem Altman Microsoft'ga qo‘shildi

A A A
OpenAi'ning sobiq bosh direktori Sem Altman Microsoft'ga qo‘shildi

Ilgari ChatGPT OpenAI chatbot ishlab chiqaruvchisining bosh direktori lavozimida ishlagan amerikalik tadbirkor va dasturchi Sem Altman Microsoft kompaniyasiga ishga joylashdi. Bu haqda korporasiya bosh direktori Satya Nadella ma’lum qildi.

Nadella o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) sahifasida ta’kidlaganidek, Microsfot jamoasi Altman va Greg Brokmanning o‘tishlari haqidagi xabardan xursand bo‘ldi. Korporasiyada ular sun’iy intellekt sohasidagi yangi ilg‘or tadqiqot guruhiga rahbarlik qiladi.

Altmanning OpenAI bosh direktori lavozimidan ozod etilgani 17 noyabr kuni ma’lum bo‘ldi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, u direktorlar kengashi bilan muloqotda ochiq emas va bu uning vazifalariga xalaqit bergan.

Kiritildi: 17:26 20.11.2023. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!