📋 Prezidentimizning “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–296-son, 08.09.2023 y.) qabul qilindi.
🗓 Unga ko‘ra, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarining samarali boshqaruv tizimini yaratish maqsadida 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab:
🏢 Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
🏥 hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda “Ona va bola skrining” markazlari negizida markazning 14 ta hududiy filiallari tashkil etiladi.
❇️ Qarorga muvofiq, onalar salomatligini muhofaza qilishning takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj tizimi joriy etiladi.
🧑🏻⚕️Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida “tibbiyot brigadalari”:
🤰🏻o‘zlariga biriktirilgan hududlarda homilador ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil etadi;
📌 tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining “Ayollar maslahatxonasi” bo‘limi bilan birgalikda homilador ayollar holatini doimiy monitoring qilib boradi hamda xavf omillari aniqlanganda Markazning hududiy filiallariga yuboradi;
🟢 tug‘uruqdan keyingi davrda ona va bolaning davriy patronajini olib boradi hamda istalmagan homiladorlikning oldini olish choralarini ko‘radi;
🩺 reproduktiv yoshdagi aholi va homilador ayollar o‘rtasida tibbiy madaniyat, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom oilani rejalashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib boradi.