Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasi ommaviy tadbirlar o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Qayd etilishicha, ayrim ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida ishtirokchilar «jamoat xavfsizligiga va fuqarolar xavfsizligiga xavf soluvchi» xatti-harakatlarni ko‘paytirmoqda.

Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar quyidagilarni nazarda tutadi:

ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ob’ektini tanlashda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, ularga tahdid soluvchi vaziyatlarda fuqarolarning evakuasiyasini samarali tashkil qilish uchun sharoitlar mavjudligini hisobga olish;
tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarni favqulodda vaziyatlarda evakuasiya qilish tartibi, yo‘llari va yo‘nalishlari to‘g‘risida xabardor qilish;
ob’ektga kirish-chiqish xavfsizligini, ob’ektga borish va kirish joylarida avtomobillar harakatini cheklaydigan fizik to‘siqlar o‘rnatilishini ta’minlash.

Endi zarurat bo‘lganda, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish komissiyasi ommaviy tadbirni tashkil etish va o‘tkazish davrida muhandis-texnik kommunikasiyalar xavfsiz ishlashini, energiya ta’minoti va yong‘in xavfsizligini, yo‘l harakati xavfsizligi, ishtirokchilarning evakuasiya qilinishini va favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini ta’minlash guruhlarini tashkil etishi mumkin.

Ishchi guruh nafaqat ob-havo sharoitiga qarab, balki xavfli tabiat hodisalari va texnogen avariyalarning yuzaga kelishi prognozlarini ham tekshirishi kerak.

Ommaviy tadbir tashkilotchisi favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini ko‘rishi, bunday tahdidlar mavjud bo‘lganda esa fuqarolarni samarali evakuasiya qilish uchun sharoit yaratishi shart.

Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joy ma’muriyati vahima ko‘tarilishi va evakuasiyani qiyinlashtiruvchi boshqa xatti-harakatlar amalga oshirilishining (o‘tish joylarida, eshiklar oldida, zinalarda va boshqa joylarda odamlarning to‘planib qolishi) oldini olishga qaratilgan matn ishlab chiqilishini hamda favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimi orqali uzatib borilishini ta’minlashi shart.

Kiritildi: 09:45 17.09.2024. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!