Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi rahbariyati tayinlandi

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi rahbariyati tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining farmoyishiga asosan, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markaziga rahbarlar tayinlandi. Qobuljon Ahmedov mazkur markazning direktori etib tasdiqlandi.

Shuningdek, Husan Ravshanovich Salixov hamda Jahongir Muhammadali o‘g‘li Abdurahmonov direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.

Qobuljon Xoliqovich Ahmedov bu lavozimga kelgunga qadar mamlakatdagi yirik media tuzilmalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. U «MY5» telekanalida bosh direktor bo‘lib faoliyat yuritgan, keyinchalik esa MTRKning «Yoshlar» ijodiy birlashmasiga rahbarlik qilgan.

Yangi o‘rinbosar etib taniqli rejissyor Husan Salixov tayinlandi. U tayinlovga qadar Prezident Matbuot xizmatining Media markaziga rahbarlik qilgan va turli media loyihalarni amalga oshirgan.

Direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Jahongir Abdurahmonov esa davlat matbuot xizmatidagi tajribasi bilan e’tiborga molik. U tayinlovdan oldin Prezident Matbuot xizmatida bosh konsultant sifatida ishlagan. Bundan avval «UZREPORT» telekanalida bosh-muharrir sifatida ham faoliyat olib borgan.

Mazkur tayinlovlar mamlakat media sohasini yanada rivojlantirish va ommaviy axborot vositalari uchun sifatli kontent ishlab chiqishni kuchaytirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 17:54 02.09.2025. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!