Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Ombudsman vakili IIB binosiga olib ketilgach vafot etgan erkakning oila a’zolari bilan uchrashdi

Ombudsman vakili IIB binosiga olib ketilgach vafot etgan erkakning oila a’zolari bilan uchrashdi

Toshkent viloyatida IIB binosiga olib ketilgan aka-ukalardan biri vafot etgani haqida xabar berilgandi. Ombudsmanga ko‘ra, uning o‘limi holati o‘rganilmoqda.

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan IIB binosiga majburiy olib ketilgan aka-ukalarga nisbatan kuch ishlatilgani holati o‘rganilmoqda. Toshkent viloyati IIBB rasmiy munosabatida marhumning IIB binosiga kirish yo‘lagida sog‘lig‘i yomonlashib, hushini yo‘qotgani, u shahar shifoxonasiga olib borilgani va ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtida vafot etgani qayd etilgan.

Hozirda fuqaroning o‘limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanlangan. Holat Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari bilan uchrashib, ta’ziya bildirdi. Mazkur holat bo‘yicha Bosh prokuraturaga ombudsmanning nazorat xati yuborildi.

Ombudsman ushbu holat qonun talablari doirasida ko‘rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarining ochiq va adolatli surishtiruvini ta’minlashni so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi ichki ishlar binosida o‘g‘rilikda gumonlanib, kaltaklangan, qiynoqqa solingan 36 yoshli Usmon Salimboyev ko‘p o‘tmay vafot etgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq holat bo‘yicha Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, uning ikki xodimi va “uchastkavoy”ga sud hukmi o‘qilgan edi.

Kiritildi: 18:44 21.06.2024. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!