Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Oltinko‘lda 100 tonna kartoshka urug‘ini saqlaydigan muzlatgich-omborxona ishga tushdi

Oltinko‘lda 100 tonna kartoshka urug‘ini saqlaydigan muzlatgich-omborxona ishga tushdi

16 noyabr kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Ko‘makay qishlog‘ida 100 tonna sig‘imga ega kartoshka urug‘ini saqlashga mo‘ljallangan muzlatgich-omborxona foydalanishga topshirildi.

Yangi korxona Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida qurib bitkazilgan.

“Loyihasi doirasida Andijon viloyatida 2016 yil aprel oyidan buyon Germaniya, Fransiya, Italiya va Bolgariya mutaxassislari ishtirokida kartoshka yetishtirish, kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda, – deydi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduardes Stiprais. – Joriy yilning fevral oyida Fransiyadan turli navdagi kartoshka urug‘lari keltirildi. Urug‘lar Qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi, Jalaquduq tumanidagi “Tohirjonov Umidjon”, Buloqboshi tumanidagi “Ekoagroplyus” fermer xo‘jaliklari dalalarida ekilib, sinovdan o‘tkazildi.

Oltinko‘l tumanidagi “Innovasion agroservis” kooperativi direktori Murodjon Komilovning aytishicha, 100 tonna sig‘imga ega muzlatgich-omborxona qariyb 142 ming yevro qiymatidagi xorijiy uskunalar bilan jihozlangan. Bu yerda iste’mol hamda urug‘likka mo‘ljallangan kartoshkalarni alohida-alohida, ya’ni belgilangan me’yorlar asosida saqlash imkoni bor.

Ushbu loyiha viloyatda kartoshkaning serhosil va sifatli yangi navlarini yaratish, kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or tajriba va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini berdi.

Tadbir davomida Germaniyadan keltirilgan kartoshka kavlash uskunasining taqdimoti hamda yangi navlari degustasiyasiga bag‘ishlangan tadbir ham bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar kartoshka kavlash uskunasining imkoniyatlari haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berishdi.

Manba: turon24.uz

Kiritildi: 00:48 18.11.2018. O'qildi: 5926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!