E-IJRO AUKSION elektron savdo maydonchasiga ilk bor qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga lisenziyalarini realizasiya qilish uchun E-IJRO AUKSION elektron savdo maydonchasiga chiqarildi.
Auksion savdolariga jami 10 ta ob’ekt O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan qo‘yilgan.
Ulardan ayrimlari bilan tanishing:
Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Biran-1 uchastkasi, maydoni 1 gektar, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi muddati 3 yil va boshlang‘ich bahosi 7 500 000 so‘m miqdorda auksion savdolariga chiqarildi.
Shuningdek, E-IJRO AUKSION elektron savdo maydonchasiga Biran-2, Biran-3, Biran-4 auksion savdolariga chiqarildi.
Navoiy viloyati, Navbaxor tumani, Oqtosh-1 uchastkasi, maydoni 1 gektar, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi muddati 3 yil va boshlang‘ich bahosi 7 500 000 so‘m miqdorda auksion savdolariga chiqarildi.
Oqtosh-2 uchastkasi ham www.e-auksion.uz saytida auksion savdolariga chiqarildi.
Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Sarmich-1 uchastkasi, maydoni 1 gektar, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi muddati 3 yil va boshlang‘ich bahosi 7 500 000 so‘m miqdorda auksion savdolariga chiqarildi.www.e-auksion.uz saytida Sarmich-2, Sarmich-3 uchastkalari ham auksion savdolariga chiqarilgan.
Onlayn-auksionga chiqarilgan ob’ektlarning to‘liq ro‘yxati bilan www.e-auksion.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Manba: uza. uz