Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

«Olov halqasi»da 6,3 magnitudali zilzila bo‘ldi

«Olov halqasi»da 6,3 magnitudali zilzila bo‘ldi

Filippin janubidagi Mindanao oroli qirg‘oqlarida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari 16 km chuqurlikda qayd etilgan.

Qurbonlar va sunami haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.

Dunyodagi eng seysmik faol mamlakatlardan biri Filippin Tinch okeanining seysmik zonasida joylashgan bo‘lib, u «Olov halqasi» deb ham ataladi.

«Olov halqasi» - Tinch okeanining perimetri bo‘ylab cho‘zilgan kuchli vulqon va seysmik (zilzila) faollik maydoni.

Kiritildi: 10:25 05.08.2024. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!