Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Olmaotada 20 yoshli tayboks bo‘yicha Jahon chempioni o‘ldirib ketildi

Olmaotada 20 yoshli tayboks bo‘yicha Jahon chempioni o‘ldirib ketildi

Olmaotada 20 yoshli tayboks bo‘yicha jahon chempioni Serik Ali o‘ldirib ketildi.

Polisiya hodisada gumonlanuvchini qo‘lga oldi. U sportchining tanishi bo‘lib chiqdi. Tergovchilar jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

“Tuman polisiya bo‘limi tomonidan 20 yoshli erkakni o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtinchalik izolyatorga joylashtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tanishlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, ulardan biri pichoq bilan hujum qilgan. Jinoyat quroli musodara qilindi”, deya xabar berdi Olmaota polisiya boshqarmasi “Kursiv” nashriga.

Qozog‘iston tayboks federasiyasi ham Serik Alining yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

“Olmaotadan yomon xabar keldi. Tayboks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempioni Serik Ali vafot etdi. Chempionimizning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi federasiya xabarida.

Olti yil avval Olmaotada yana bir sportchi hayotdan ko‘z yumgan edi. O‘sha paytda ikki erkak kunduz kuni Lexus GX 460 avtomobilining yon oynalarini o‘g‘irlashmoqchi bo‘lgan. Ammo ularga mashina egasi – taniqli figurali uchuvchi Denis Ten to‘sqinlik qilgan. Erkaklar o‘rtasida janjal chiqib, sportchiga pichoq bilan hujum qilingan. Shu kunning oqshomida, 25 yoshli Ten shifoxonada vafot etgan edi.

Kiritildi: 16:25 25.12.2024. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!