Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Olmaliqda maktab o‘quvchilari suvdan zaharlandi

Olmaliqda maktab o‘quvchilari suvdan zaharlandi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida maktab o‘quvchilari suvdan zaharlandi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat Olmaliq shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida sodir bo‘lgan. Ayni paytda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Olmaliq shahar bo‘limida faoliyat yurituvchi mas’ullardan iborat ishchi guruh holatni o‘rganmoqda.

O‘rganishlar yakunida batafsil ma’lumot berilishi ta’kidlandi.

Kiritildi: Bugun 10:46. O'qildi: 447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!