Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Olmaliq Osiyo Chempionlar ligasi bahsiga mezbonlik qiladi

A A A
Olmaliq Osiyo Chempionlar ligasi bahsiga mezbonlik qiladi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan OKMK sport majmuasi Osiyo Chempionlar ligasi saralash uchrashuviga mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, OKMK futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi saralash uchrashuvi uchun OKMK sport majmuasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Osiyo futbol konfederasiyasi mutaxassislaridan iborat komissarlar tarkibi saralash bahsi oldidan stadionni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazadi. Mutaxassislarning ijobiy xulosasi OKMK uchun guruh bellashuvlarini ham ushbu stadionda qabul qilishini kafolatlashi mumkin. Buning uchun OKMK jamoasi guruh bosqichiga yo‘l olishi lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi saralash bahsini OKMK futbol jamoasi 15 avgust kuni o‘tkazadi. Unda olmaliqliklar Ummonning "Al Sib" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 05:25 12.07.2023. O'qildi: 1890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!