Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Oliy o‘quv yurtiga kirish uchun qo‘shimcha ta’lim kerakmi?

A A A
Oliy o‘quv yurtiga kirish uchun qo‘shimcha ta’lim kerakmi?

Ta’lim sifati talabga javob bera oladimi? Bugungi kunda ta’lim sifati hammani o‘ylantiradi. Hattoki ba’zi ota-onalar maktabdagi ta’lim sifatidan mamnun emaslar. Bundan so‘ng bir savol kelib chiqadi: “Maktab ta’limi sifatga to‘laqonli javob bera oladimi?”. Agar javob bera olsa, nega oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun o‘quvchilar yana qo‘shimcha darslarga borishlari kerak?

Ba’zi o‘quvchilar o‘zlari o‘qib, tayyorlanib ham oliy ta’lim yurtlariga kira oladilar, lekin hammaning ham irodasi kuchli bo‘lmaydi, ularga bir yo‘naltiruv va o‘qituvchi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik o‘quvchilarning qo‘shimcha markazlarga ehtiyoji bor.

Qo‘shimcha darslarning afzalliklari. Ayni damda qo‘shimcha darslar, qo‘shimcha o‘quv markazlari atrofimizda juda ko‘p, har bir qadamimizda bor deya olaman. Bugungi kunda hamma o‘zi qiziqqan sohasida bemalol ta’lim olaveradi. Chet tillari, ona tili va adabiyot, fizika, biologiya kabilar oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bo‘lsa, yana shunday dizaynerlik, dasturlash, sartaroshlik, buxgalteriya kurslari va boshqa shunga o‘xshash kasblarni o‘rganish uchun kurslar borki, ularni tamomlab, bemalol ishlashingiz mumkin. Bunday o‘quv markazlarini bitirganingizda ishlashingiz uchun sertifikat berishadi. Masalan, Buxgalteriya kurslarini tamomlaganingizdan so‘ng “ACCA” sertifikatiga va bu sertifikat bilan ishlash huquqiga ega bo‘lasiz.

Bunday imkoniyatlardan so‘ng nega oliy o‘quv yurtiga qiynalib kirishim kerak, deyishingiz mumkin. Inson hayot ekan, har doim bilim olishga harakat qilishi lozim. Bugingi kunda har bir daqiqada yangi biz bilishimiz kerak bo‘lgan qandaydir bir narsaga duch kelamiz. Agar shu bilimlarimiz bilan yashaymiz, desak, yangiliklardan bexabar qolamiz, odamlardan ortda qolib ketamiz. Lekin biz hozirgi kundagi maktabdagi ta’lim bilan qanday bilim olamiz? Oramizda hattoki bilim ham monopoliya deb gapiradigan insonlar ham kam emas. Hammaning ham maxsus maktablarda o‘qishga qurbi yetmaydi.

Kiritildi: 15:20 30.11.2021. O'qildi: 4203 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!