Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Olimpiadaning besh karra chempioni oyoq kiyimini yerda qoldirib nima demoqchi bo‘ldi?

A A A
Olimpiadaning besh karra chempioni oyoq kiyimini yerda qoldirib nima demoqchi bo‘ldi?

Olimpiada o‘yinlarida yunon-rum kurashi bo‘yicha besh karra chempion bo‘lgan kubalik mashhur kurashchi Mixain Lopes Nunyes oyoq kiyimini gilamda qoldirib, sport faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

U Kubaning og‘ir vazn toifasida qatnashadigan eng yaxshi sportchisi. Mixain Lopes Nunyes Parijda besh karra Olimpiya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Mashhur polvon Parij Olimpiadasi finalida chililik sportchi Yasmani Akosta Fernandesni 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Jangdan keyin Mixain kurash poyabzalini yechib, o‘sha yerda qoldirdi. Ko‘pchilik Lopesning bu harakatini uning sport karyerasining tugashi bilan bog‘lashdi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilayotgan XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlari 11 avgust kuni yakuniga yetadi. O‘yinlarda dunyoning 205 davlatidan 10 500 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Olimpiadachilar 32 sport turidan 329 ta medallar jamlanmasini baholamoqda.

Kiritildi: 21:36 07.08.2024. O'qildi: 2492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!