Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Olimpiada mash’alasi yoqildi

Olimpiada mash’alasi yoqildi

2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari mash’alasi o‘t oldirildi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Mash’ala yoqish marosimida Gresiya Prezidenti Katerina Sakellaropulu, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, Gresiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari Spiros Kapralos va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Marosim qadimgi yunon Hera ibodatxonasida bo‘lib o‘tdi. Tokio-2020 eshkak eshish chempioni Stefanos Duskos Olimpiada mash’alasi estafetasini boshlaydi.

Mash’al estafetasi avval Gresiyadan o‘tadi. 26 aprel kuni Afinada mash’ala Parij-2024 o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi a’zolariga topshiriladi, keyin esa “Belem” yelkanli kemasida Fransiyaga jo‘nab ketadi. Olimpiada olovi 8 may kuni Marselga yetkaziladi. Olimpiadaning ochilish marosimi 26 iyul kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari vaqtida barcha mavjud mojarolarda o‘t ochishlarni to‘xtatishga harakat qilayotgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 15:21 16.04.2024. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!