Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Olimlar saraton tarqalishining to‘xtatish usulini aniqlashdi

Olimlar saraton tarqalishining to‘xtatish usulini aniqlashdi

Amerikalik olimlar miyada saraton hujaylarining tarqalishiga ko‘maklashuvchi oqsilni aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress portalida e’lon qilingan.

Gap CEMIP oqsili haqida bormoqda. Aniqlanishicha, oqsil miyadagi qon tomirlar va immunitetga ega hujayralarni yallig‘lanish molekulalarini ishlab chiqarishga undaydi.

Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, CEMIPni to‘sib qo‘yish saratonning jalalash (metastaz) jarayonini to‘xtatib qo‘ygan.

Ta’kidlanishicha, aksariyat hollarda saraton kasalligidan o‘lish saraton hujayralarining boshqa organlarga tarqalishi tufayli ro‘y beradi. Eng xavfli holatlardan biri bu miyada jalalab ketishidir.

Olimlar CEMIP oqsilini nazorat qilish shifokorlarga saraton xastaligini davolashda va ularning rivojlanish xatarlarni prognozlashda yordam berishini taxmin qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransuz olimlari GDF11 oqsili qarishga qarshi kurashishi va tanani saraton kasalligidan himoya qilishini aniqlashgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 06:46 07.11.2019. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!