Oksfordda o‘zbek tilini o‘qitish boshlanadi, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Oksford universiteti o‘rtasida kelishuvga erishilgan.
Bu boradagi tegishli hujjatlar 2023 yil dekabr oyida imzolanishi rejalashtirilgan.