Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, 14 mamlakatdan 60 nafar sportchi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ortda qolgan kun 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Xususan, kecha 50 yoshni qarshi olgan Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medal bilan taqdirlandi.

Oltin medal:

  • Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashq)
  • Ahrorxon Temirxonov (halqa)

Kumush medal:

  • Oksana Chusovitina (tayanib sakrash)
  • Ravshan Komiljonov (Ot ustida mashq)
  • Humoyun Islomov (erkin mashq)

Bronza medal:

  • Shahinabonu Yusufova (tayanib sakrash)

Bugun yana bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:09 21.06.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!