Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ohak ishlab chiqarish sexi va issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 876 million so‘mlikdan ziyod zarar yetkazgan

A A A
Ohak ishlab chiqarish sexi va issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 876 million so‘mlikdan ziyod zarar yetkazgan

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va «Hududgazta’minot» AJ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan:

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.S. ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz hisoblagichisiz, tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 394 million 273 ming so‘mlik;

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro U.J.ga qarashli issiqxona xo‘jaligi tarmoqqa noqonuniy ravishda tabiiy gaz hisoblagichisiz ulanib, davlat manfaatlariga 482 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Kiritildi: 21:06 06.12.2023. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!