Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Ogoh bo‘ling! Qotil belanchaklarni sotib olmang"

"Ogoh bo‘ling! Qotil belanchaklarni sotib olmang"

AQShda bolalar mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Fisher-Price kompaniyasining Rock n Play belanchaklari savdodan qaytarib olinadi, deb xabar qildi AQShning iste’mol tovarlari xavfsizligi komissiyasi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2009 yilda ushbu belanchaklar savdoga chiqarilgan kundan boshlab 30dan ortiq bolalar o‘zlimiga sabab bo‘lgan. Chaqaloqlar belanchakda qorni bilan yoki yoni bilan yotgan holda vafot etgan.

Kompaniya ayni damda savdoda bo‘lgan 4,7 millionga yaqin mahsulotlarini qaytarib olishi kerak. Agar sizda ana shunday belanchak bo‘lsa, undan foydalanishni darhol to‘xtating va uni ishlab chiqaruvchiga qaytarish choralarini ko‘ring , - deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, Fisher-Price okmpaniyasi mahsulotlari MDH hududida ham keng sotiladi. Yuqorida qayd etilgan belanchaklar savdo markazlarida 40-149 dollar orasidagi narxlarda sotilgan. Belanchaklar Xitoyda ishlab chiqarilgan.

Kiritildi: 14:51 14.04.2019. O'qildi: 8123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!