Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Ogoh bo‘ling! Kuchli ta’sir qiluvchi dorini ozdiruvchi vosita deb aldab sotishmoqda

A A A
Ogoh bo‘ling! Kuchli ta’sir qiluvchi dorini ozdiruvchi vosita deb aldab sotishmoqda

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ozdiruvchi mahsulot sifatida “Fatzorb” nomli dori vositasini sotishmoqda. Ushbu dori tarkibida “Sibutramin” moddasi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi 818-son Qarorining 1-ilovasiga muvofiq kuchli ta’sir qiluvchi modda hisoblanadi. Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Mana shunday bir guruh "shovvoz"lar ijtimoiy tarmoqlarda ozdiruvchi mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanishligini ma’lum qilib, sahifa ochgani va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni onlayn savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan. Joriy yilning 5 yanvar kuni Sergeli tumani Obihayot ko‘chasida 1992 yilda tug‘ilgan D.S. va 1993 yilda tug‘ilgan K.S.lar 600.000 so‘m evaziga 180 dona “Fatzorb” nomli dori vositasini sotayotgan vaqtida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlangan. Shuningdek, K.S. boshqaruvidagi avtomashina xolislar ishtirokida tekshirilganda yana 72 dona “Fatzorb” nomli dori vositasi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Hurmatli fuqarolar! Har qanday dori vositasini sotib olishdan va uni iste’mol qilishdan avval shifokorlar bilan maslahatlashing. Shifokorlarning tavsiyasi bo‘lmasa, hech qaysi dori vositalarini iste’mol qilmang. Unutmang, noto‘g‘ri qo‘llanilgan, iste’mol qilingan dori inson sog‘lig‘iga ziyon yetkazishi mumkin.

Kiritildi: 21:33 05.01.2023. O'qildi: 3008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!