Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. 92 mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirokida kechgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgani haqida ma’lum qilgan edik.
Musobaqa yakunida yigitlarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘olib va sovrindorlarni eslab o‘tamiz:
Oltin medal:
-109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab ko‘tarish, jahon rekordi)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash)
-109 kg: Sharofiddin Amriddinov (dast ko‘tarish)
Kumush medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish)
Bronza medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash)
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov (dast ko‘tarish)