Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Odil Ahmedov: "Eldor hammani hayron qoldirmoqda"

Odil Ahmedov: "Eldor hammani hayron qoldirmoqda"

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi va sardori Odil Ahmedov Suriyaga qarshi bahs (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Birinchi golni tez urganimiz yaxshi bo‘ldi. Bahsni ajoyib o‘tkazdik, ammo kamchiliklarimiz bor. Ularning ustida ishlashimiz kerak. Shunga qaramay g‘alabaga erishdik va bu bizga keyingi bahslarda ruxiy yordam beradi.

Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov tandemi? Hozirgi kunda Eldor haqiqiy hujumchiga xos harakatlari bilan hammani hayron qoldirmoqda. U bundan ham yaxshiroq o‘ynashga qodir. To‘p bilan bo‘lganimda u qayerga pas berishimni yaxshi biladi. Shu sababli bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz.

Xitoy chempionati? Xitoy Superligasida tanaffus yo‘q. Ertaga (intervyu 11 iyunda olingan) uchib ketaman. Xudo xohlasa, keyingi yig‘inga chaqirishsa, terma jamoa safiga qo‘shilaman" - deydi Odil Ahmedov.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 07:30 13.06.2019. O'qildi: 1927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!