Avvalroq Ta’lim vazirligi va universitet rahbariyati Oq uyning kadrlar va ta’lim siyosatini o‘zgartirish haqidagi talabini ochiqchasiga rad etgan. Hukumat bunga javoban har yili ajratiladigan 2,2 milliard dollar qisqartirilishini e’lon qilgandi. Bundan tashqari Donald Tramp mazkur universitetni ta’lim muassasalari uchun amal qiladigan soliq imtiyozidan ham mosuvo qilish masalasini ham ko‘targan.
– Garvard akademik erkinlikni bostirishga qaratilgan ushbu noqonuniy va sharmandali urinishni rad etib, talabalar manfaati yo‘lida aniq qadam tashlashda o‘rnak bo‘ldi, – deb yozgan Obama ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Shuningdek, u boshqa oliy o‘quv yurtlari ham Garvarddan o‘rnak olishiga umid bildirdi.
Oq uy avvalroq Amerika universitetlaridan yahudiy talabalar himoya qilinishini so‘rab, moliyalashtirishni qisqartirish bilan tahdid qilgan. 2023 yil oktyabrdan buyon Yaqin Sharqda mojaro kuchayishi munosabati bilan Amerika universitetlarida Isroilga qarshi namoyishlar bo‘lib turadi.