Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ob-havo: jazirama bu hafta ham davom etadimi?

Ob-havo: jazirama bu hafta ham davom etadimi?

O‘zbekiston hududida ushbu hafta ham 40 darajadan yuqori bo‘lgan anomal issiq davom etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi 16-19 iyul kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo bashoratini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazim viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Kiritildi: 10:15 15.07.2019. O'qildi: 1933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!