Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Nyu-Yorkda yorqin pushtirangli olmos sotuvga qo‘yildi

A A A
Nyu-Yorkda yorqin pushtirangli olmos sotuvga qo‘yildi

Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida qimmatbaho, yorqin pushtirangli noyob olmos sotuvga qo‘yildi. Olmosning boshlang‘ich narxi 35 million AQSh dollarini tashkil etadi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net” nashri.

Uning vazni taxminan 10,57 karatga teng. “Abadiy pushti (olmos shunday deb ataladi) tarixdagi eng muhim olmoslar qatoriga kirishi kerak”, — deydi Amerikadagi Sotheby’s zargarlik buyumlari rahbari Kvig Berning.

Olmos hozirda Gonkongda saqlanmoqda. Keyinchalik u Dubay, Singapur, Jenevaga va Nyu-Yorkka yuboriladi.

“Bu men ko‘rgan va bozorda paydo bo‘lgan olmoslar ichidagi eng chiroyli, konsentrlangan pushtirang olmos”, — deya qo‘shimcha qilgan Berning.

Kiritildi: 20:26 31.03.2023. O'qildi: 1874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!