Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nyu Yorkda o‘zbekistonlik yigit jinsiy jinoyatlarda gumonlanib hibsga olindi

Nyu Yorkda o‘zbekistonlik yigit jinsiy jinoyatlarda gumonlanib hibsga olindi

28 aprel kuni AQSh Immigrasiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Ulug‘bek Davronovni qo‘lga oldi. Aniqlanishicha, u AQSh hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan va hozirda bir qator og‘ir jinsiy jinoyatlarda ayblanmoqda.

Davronovga qo‘yilgan ayblovlar orasida nomusga tegish (rozilik berilmagan tarzda og‘izga jinsiy aloqa), tan jarohati yetkazish maqsadida hujum qilishga urinish va jinsiy zo‘ravonlik (jinsiy aloqa qilishga majburlash) kabilar bor.

Davronov ilk bor AQSh chegara xizmatiga 2022 yil 28 dekabrda Arizona shtatining Lukvill shahri yaqinida ro‘baro‘ kelgan. U immigrasiya xizmati ruxsatisiz va roziligsiz Meksikadan AQShga noqonuniy ravishda kirib kelgan bo‘lgan. Chegara xizmati xodimlari uni hibsga olib, mamlakat hududidan chiqarib yuborish jarayonini boshlagan. 2023 yil 28 iyulda immigrasiya bo‘yicha sudya uni AQShdan sirtdan chiqarib yuborishga qaror qilgan.

Kvins okrugi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 19 fevralda Davronovga yuqorida aytib o‘tilgan ayblovlarni e’lon qilgan. ICE`ning Nyu York bo‘limi Davronovni mamlakatdan chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan jinoyatchi chet el fuqarosi sifatida aniqlagan va o‘sha kuniyoq Kvins Markaziy qamoqxonasiga immigrasiya ushlab turish to‘g‘risida xabar yuborgan. Ertasi kuni Kvins okrugi Markaziy qamoqxonasi ICE`ning talabini bajarmagan va uning ozod qilingani haqida xabar bermagan holda Davronovni qo‘yib yuborgan.

ICE`ning Nyu York bo‘limi xodimlari va Homeland Security Investigations maxsus agentlari maqsadli operasiya davomida Davronovni Staten-Aylendda qo‘lga olib, uni ICE ofisiga olib ketgan. Hozirda u ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Kiritildi: 09:32 13.05.2025. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!