Nyu-Yorkning gavjum hududida taksi piyodalar olomoni ustiga haydab yubordi, deb xabar berdi Fox News.
Voqea Rojdestvo kuni Manxetten markazidagi Gerald-skverda sodir bo‘ldi. Olti kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Polisiyaning aytishicha, taksi haydovchisi 58 yoshli erkak. Hodisa sabablari haqida xabar berilmagan.
Brodvey, Oltinchi avenyu va 34-ko‘cha kesishgan Gerald-skver, ayniqsa, bayram mavsumida mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi.