Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Nyu-York shtati “PepsiCo”ni sudga berdi

Nyu-York shtati “PepsiCo”ni sudga berdi

AQSh Nyu-York shtati dunyodagi ikkinchi yirik oziq-ovqat korxonasi hisoblangan “PepsiCo” kompaniyasini ishlab chiqarish jarayonida plastmassa chiqindisi bilan yovvoyi tabiatga zarar yetkazgani uchun sudga berdi.

“BBC” xabarida da’voga ko‘ra, “PepsiCo” muammoning asosiy aybdori ekani ta’kidlangan.

Kompaniya mas’ullari “plastmassadan foydalanishni qisqartirish bo‘yicha majburiyat bajarilyapti”, dedi.

O‘tgan hafta “Coca-Cola”, “Danone” va “Nestle” plastik idishlar bo‘yicha nohaq da’vo qilinganini bildirgan edi.

Umuman, boshqa ko‘plab yirik korporasiyalar ham atrof-muhitga ta’siri tufayli mahalliy hukumatlar tomonidan sud jarayoniga jalb etilgan.

– Buffalo daryosi bo‘yidagi 13 ta maydonda to‘plangan barcha turdagi chiqindilarni o‘rganish natijasida to‘plangan 1916 dona markali plastik idishning 17 foizdan ko‘pi “PepsiCo” kompaniyasiga tegishliligi aniqlandi, – deyiladi shtat bosh prokuraturasi bayonotida. – Qolganlari “McDonald's”, konfet ishlab chiqaruvchi “Hershey's” kabi brendlarniki. Da’vo arizasida Buffalo shahri suv tizimida mikroplastmassa idishlar topilgani aytilgan. Ushbu buyumlar “reproduktiv disfunksiya va ichak yallig‘lanishini keltirib chiqarish, neyrotoksik ta’sir ko‘rsatish orqali keng ko‘lamli salbiy oqibatga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 10:28 18.11.2023. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!