Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Nyu-York hayvonot bog‘i 1906 yildagi “dahshatli voqea” uchun kechirim so‘radi

Nyu-York hayvonot bog‘i 1906 yildagi “dahshatli voqea” uchun kechirim so‘radi

Nyu-York hayvonot bog‘ini boshqaruvchi tashkilot XX asr boshlarida yuz bergan irqchilik harakati uchun uzr so‘radi.

AP nashri tomonidan aytilishicha, 1906 yilda afrikalik Ota Benga maymunlar qafasida bir necha kun yashashga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 1906 yil sentyabrda Ota maymunlar qafasiga qamaladi va bir necha kun davomida o‘sha yerda saqlanadi. Qora tanli ruhoniylar aralashgandan keyingina qo‘yib yuborilgan Ota keyinchalik afrikalik bolalar uyiga borib qoladi, so‘ng Linchburg (Virjiniya) shahriga ko‘chib o‘tib, tamaki fabrikasida ishlaydi. 1916 yilda esa o‘z joniga qasd qiladi.

Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati rahbari Kristian Semplerning aytishicha, kechirim AQShning turli shaharlari bo‘ylab may oyi oxirida Minneapolisda (Minnesota shtati) afro-amerikalik Jorj Floyd vafotidan keyin yuzaga kelgan ommaviy noroziliklar tufayli so‘ralgan.

Kiritildi: 22:59 31.07.2020. O'qildi: 4842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!