Hujjatlarda aytilishicha, Rossiya armiyasi o‘z mudofaasini yangi qurol turlariga "moslashtirgan" va elektron urush yordamida ularning aniqligini kamaytirishni o‘rgangan. Jurnalistlar bunga misol tariqasida, 155 mm Excalibur snaryadlarini, shuningdek, GLSDB bombalarini keltirishmoqda. Bungacha Ukraina harbiylari JDAM o‘q-dorilari va HIMARS snaryadlari bilan bog‘liq muammolarni ham ko‘rsatgan edi.
Ikki ukrainalik artilleriya qo‘mondoni NYT'ga ular yetkazib bergan G‘arb qurollarining bir qismi “inson hayoti evaziga muvaffaqiyatsizlikka uchraganini” ma’lum qilishdi.