The New York Times’ning yozishicha, AQSh va Hindiston munosabatlarining sovushiga sababchi voqea Donald Trampning Narendra Modidan o‘zini Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ko‘rsatishini so‘rashi bo‘lgan.
17 iyundagi telefon suhbatida Tramp, Pokiston uni Nobelga ko‘rsatishi mumkinligini aytgan va Hindiston ham xuddi shunday qilishini istagan.
Manbalarga ko‘ra, bu gap Modining jahlini chiqargan va u Qo‘shma Shtatlarning Hindiston–Pokiston kelishuviga hech qanday aloqasi yo‘qligini keskin ta’kidlagan.
Vazirlik munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan yana bir omil – AQShning Hindiston import tovarlariga joriy etgan bojlari.
Shuningdek, oxirgi haftalarda Tramp Modi bilan bir necha bor bog‘lanishga uringan, lekin Hindiston bosh vaziri undan telefon orqali suhbatdan bosh tortgan.