The Gentlemen guruhi xakerlari kompaniyaning maxfiy ma’lumotlarini 10 kun ichida oshkor qilish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Cybernews xabar bermoqda.
Xakerlar allaqachon ortga hisoblashni boshlashgan va to‘lov bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ma’lumotlarni chiqarishga va’da berishgan. Biroq, ular hali xakerlik haqida hech qanday dalil keltirmagan.
The Gentlemen - 1000 dan ortiq qurbonlarni pullarini aldagan eng faol ransomware tovlamachi guruhlardan biri.
Xuddi shu guruh avvalroq Ispaniyaning mudofaa pudratchisi Indra Group, AQSh energetika kompaniyalari, dorixonalar tarmoqlari va turli mamlakatlarning davlat muassasalariga hujum qilganini ma’lum qilgan edi.