Bugun 6 mart, 2026 yil, juma

КИР

Nursulton Ro‘ziboyev Drikus Dyu Plessi bilan jang qilmoqchi

Nursulton Ro‘ziboyev Drikus Dyu Plessi bilan jang qilmoqchi

Aralash yakkakurash ustamiz o‘rta vaznning sobiq chempioni Drikus Dyu Plessisning jang uslubi haqida fikr bildirib, bilan jang qilish istagi borligini aytdi.

"Drikus Dyu Plessi chempion bo‘lganida, uni "UFC APEX"da ko‘rgan edim. Juda ham noqulay jangchi. Tashqaridan qaraganda unda hech narsa yo‘qdek ko‘rinadi - na zarbasi va na kurashi. To‘g‘ri zarba bera olmaydi, to‘g‘ri tepa olmaydi.

Lekin u Robert Uittaker, Israel Adesanya va Shon Striklend kabi yulduzlarni mag‘lub etib chempion bo‘lgan. Uning siri va kuchi — to‘xtovsiz harakatida. Raqib endi ishlayman deguncha, u tushunarsiz holatlarda zarba beraveradi.

U bilan jang qilishni xohlayman. Bu bilan uni kuchsiz demoqchi emasman, u ko‘plarni yutdi. Xamzat bilan 5 raund jang qildi. Shunchaki, uslub jihatidan Pless bilan jang qilish men uchun osonroq kechadigandek tuyulmoqda", - dedi Ro‘ziboyev.

Nursulton Ro‘ziboyev Drikus Dyu Plessi bilan jang qilmoqchi

Kiritildi: 23:58 05.03.2026. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!