Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nursulton Nazarboyevning kitobi O‘zbekiston Prezidentiga yetkazildi

A A A
Nursulton Nazarboyevning kitobi O‘zbekiston Prezidentiga yetkazildi

6 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasida o‘tgan uchrashuvda mehmon davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘iston Birinchi Prezidentining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Nursulton Nazarboyevning “Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuarlar kitobining muallif dastxati tushirilgan nusxasini topshirdi.

Tarixiy jarayonlar va shaxsiy munosabatni o‘zida mujassamlashtirgan kitobda Nursulton Nazarboyev o‘zining hayotiy yo‘li, mamlakatning shakllanish va rivojlanish davri to‘g‘risidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashadi. Respublikaga rahbarlik qilgan oxirgi o‘n yilliklardagi voqealarga baho beradi.

Shuningdek, o‘z asarida Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston yetakchisi, “atoqli siyosiy arbob Shavkat Mirziyoyevni” alohida qayd etgan.

Kiritildi: 21:10 06.12.2023. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!