Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Nurafshon shahri, Davlatobod va Qarshi tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Nurafshon shahri, Davlatobod va Qarshi tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.L.” MCHJ mas’ul shaxslari “Yuqori Rovuston” MFY hududidagi ishlab chiqarish binosida elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini qasddan kamaytirish maqsadida unga tashqi ta’sir ko‘rsatib, plomba va ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.B. “To‘ytepa” MFY hududidagi xonadonida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 186,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.S. o‘g‘li R.S.ning xonadonidagi issiqxonada isitish qozonlarini tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 119,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:03 20.08.2025. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!