Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Nukusda ota aliment o‘rniga uy berildi

Nukusda ota aliment o‘rniga uy berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2025-yil 13-iyun kungi ijro hujjatiga asosan undiruvchi Ye.D.ning foydasiga tarbiyasidagi uch nafar farzandlarining ta’minoti uchun qarzdor K.D.ning har oydagi jami daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro harakatlari davomida, javobgar K.D. aliment o‘rniga o‘ziga tegishli bo‘lgan Nukus shahri, Bag‘manlar ko‘chasida joylashgan turar joyini undiruvchining nomiga o‘tkazib bergan.

Shu sababli, javobgar ijro hujjatini bergan sudning qaroriga asosan aliment to‘lashdan ozod etilgan.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!