Avstraliyaning Robak ko‘rfazida noyob hodisa yuz berdi - dengiz toshbaqasi akulaga hujum qildi, deb xabar bermoqda “Guardian”.
Ta’kidlanishicha, hodisa tadqiqotchilar toshbaqa kosasiga o‘rnatgan kamera tomonidan suratga olingan.
Kadrlarda toshbaqaning qanday qilib akula hujum qilgani hamda uni tishlayotgani ko‘rsatilgan.
Olimlarning ma’lum qilishlaricha, dengiz toshbaqalari orasida bunday tajovuzkor xatti-harakat avvallari kuzatilmagan.