Norvegiya polisiyasi Oslodagi maktab yaqinidagi otishmadan so‘ng uch nafar gumonlanuvchini hibsga oldi.
Bu haqda qirollik huquq-tartibot idoralari xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joyidan snaryadlar topilgan. Polisiya otishmada bir kishi yaralangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda, ammo hozircha shaxsi aniqlanmagan.
Norvegiya poytaxtining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan maktabda 480 ga yaqin o‘quvchi ta’lim oladi.