Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Norvegiyada kimsasiz orol sotuvga qo‘yildi

Norvegiyada kimsasiz orol sotuvga qo‘yildi

Norvegiya shimolidagi Nurlann provinsiyasida joylashgan Sture Futoya oroli sotuvga qo‘yildi, deb xabar berdi NRK telekanali.

Ma’lum qilinishicha, orolning boshlang‘ich narxi 2 million kronga teng (234 ming dollar).

Xabarga ko‘ra, oxirgi yuz yil davomida orolga bir oila egalik qilib kelmoqda, ammo o‘zlari u yerda yashamagan.

Orol egalari undan qanday foydalanishni bilmagani uchun sotuvga qo‘ygan.

Orolda qumli plyaj, tog‘ va kichik ko‘llar bor. Ob’ekt kimoshdi savdosi 24 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:48 17.09.2021. O'qildi: 2165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!