Norvegiya hukumati 2026 yil oxirigacha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun yosh cheklovini joriy etishni rejalashtirmoqda.
📅 Rejaga ko‘ra, platformalardan foydalanish 15–16 yoshgacha cheklanadi va ruxsat 16 yoshga to‘lgan yildan boshlab beriladi.
Bosh vazir Yonas Gar Styorega ko‘ra, maqsad — bolalarni algoritmlar ta’siridan himoya qilish va ularning bolaligini saqlab qolish.
Qayd etilishicha, Fransiya, Daniya, Ispaniya va Portugaliya ham shunga o‘xshash choralarni ko‘rib chiqmoqda.