28 sentyabrdan boshlab Norvegiya mamlakatning xavfsiz deb tan olingan va harbiy mojarolardan aziyat chekmagan mintaqalaridan kelgan Ukraina fuqarolariga qochqin maqomini berishdan bosh tortadi . Bu haqda Norvegiya xorijliklar bo‘yicha boshqarmasi rasmiy saytidagi e’londa ma’lum qilindi .
«2024 yil 28 sentyabrdan Norvegiya hukumati xavfsiz deb hisoblagan Ukraina mintaqalarida yashovchi shaxslar Norvegiyada jamoaviy himoyadan foydalana olmaydi», — deyiladi hujjatda.