Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Norvegiya Ukrainaga yordam qo‘lini cho‘zdi

Norvegiya Ukrainaga yordam qo‘lini cho‘zdi

Norvegiya urush paytida jarohatlangan ukrainaliklarni davolash uchun salkam 9 million yevro ajratadi.

Norvegiya hukumati ukrainaliklarni Yevropaga tibbiy evakuasiya qilish dasturi uchun 100 million kron (taxminan 8,7 million yevro) ajratadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yonas Gar Styore ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, "og‘ir yaralanganlarning bir qismini davolash uchun olib ketish juda muhim".

Norvegiyaning Verdens Gang nashrining qayd etishicha, Rossiya bilan urushda yaralangan ukrainaliklarni evakuasiya qilish dasturi 2022 yil avgustidan buyon amal qiladi. Jabrlanganlar uchuvchi reanimasiya bo‘limi vazifasini bajaradigan qayta jihozlangan SAS samolyotida tashiladi. Norvegiya va YEI o‘rtasidagi amaldagi kelishuv muddati joriy yilning noyabr oyida tugashi kerak edi, ammo endi 2025 yilning apreligacha uzaytiriladi.

"Afsuski, ushbu yordamga talab hali ham yuqori, shuning uchun biz dasturning amal qilish muddatini uzaytiramiz", dedi Styore. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil davomida Norvegiya samolyotlari 1931 nafar yarador ukrainalikni evakuasiya qilgan — bu Ukrainadan Yevropaga davolanish uchun olib ketilganlarning deyarli yarmiga teng. "Urush va odamlarning asossiz o‘ldirilishi to‘xtaydi, deb umid qilaman, hali buning yakuni ko‘rinmayapti", deya qo‘shimcha qildi Norvegiya bosh vaziri.

Kiritildi: Bugun 18:15. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!