Norvegiya 2023 yilda Ukrainaga harbiy yordam uchun 960 million dollar ajratadi. Bu haqda NATOning Vilnyusdagi sammitida mamlakat bosh vaziri Yonas Gar Styor ma’lum qildi, deb yozadi CNN. "Ukraina qo‘shimcha harbiy yordam va jihozlarga juda muhtoj", — deb ta’kidladi norvegiyalik siyosatchi.
Norvegiya hukumati bayonotiga ko‘ra, Norvegiya Ukrainaga besh yil davomida 7,2 milliard dollardan ortiq fuqarolik va harbiy yordam, shuningdek, “Ukraina islohotini qo‘llab-quvvatlash uchun” 144 ming dollar ajratadi.
Ukrainaga moliyaviy yordam va’da qilishdan tashqari, Norvegiya mudofaa xarajatlarini mamlakat yalpi ichki mahsulotining kamida 2 foizigacha oshirishga va’da berdi.