Norvegiya xavfsizlik xizmati mamlakatda teraktlar xavfi o‘rta darajadan yuqori darajaga oshgani haqida xabar berdi.
Maxsus xizmat vakili Eyrik Veumning aytishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli mamlakatdagi yahudiylar, sinagogaga tashrif buyuruvchilar, shuningdek, Isroil bilan aloqador tashkilotlar xavf ostida bo‘lishi mumkin. Shu sababli bilan odatda qurol olib yurmaydigan norvegiyalik polisiyachilar vaqtincha qurollanadi.
“Hozirda Polisiya xavfsizlik xizmati Norvegiyada teraktlar uyushtirish bo‘yicha aniq rejalar haqida ma’lumotga ega emas, biroq tahdidlarni aniqlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda”, dedi Veum.