Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Noqonuniy yer sotish holati aniqlandi

Noqonuniy yer sotish holati aniqlandi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi o‘zining o‘g‘liga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jalikning 11 gektar yer maydonini xaridorga 11 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, muqaddam 5 ming AQSh dollari olgan.

💵 Biroq, u qolgan 6 ming AQSh dollari hamda tegishli hujjatlarni hokimlik va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 700 AQSh dollari, jami 6700 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

⚖️ Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!