Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Nokia yana bitta afsonaviy telefonni «tiriltiryapti»! (foto)

Nokia yana bitta afsonaviy telefonni «tiriltiryapti»! (foto)

Xitoyning telekommunikasion jihozlarni sertifikatlash markazi TENAA saytida Nokia brendining yangi telefoni haqida ma’lumot va uning surati paydo bo‘lgan. Garchi ushbu qurilma hali rasman namoyish etilmagan bo‘lsa-da, Gizchina nashri uning Nokia 3210 modeliga o‘xshashligini payqadi.

Aytib o‘tish o‘rinliki, Nokia 3210 ushbu brendning 1999 yili taqdim etilgan tugmachali telefon bo‘lib, kompaniyaning eng xaridorgir mahsulotlaridan biri sifatida tarixda qolgan. Yangi tayyorlanayotgan gadjet ham dizayni bo‘yicha uni eslatadi ehtimol, bu hol uning ommalashuviga sababchi bo‘lar.

Aftidan, HMD Global kompaniyasi yana kishilarning Nokia brendiga bo‘lgan ishonchi hamda nostalgiyasidan foydalanishga bel bog‘lagan va ushbu modelni yangicha talqinda taqdim etmoqchi.

TENAA saytidagi sertifikasiya ma’lumotlariga qaraganda, yangi qurilma 2,4 dyuymlik TFT-displeyga ega, uning tasvir aniqligi esa 240x320 piksellik. Telefonning kamerasi 3 megapiksellik datchikka ega, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 1020 mA/soatga teng. Bulardan tashqari, ushbu telefon FM-moduli, MP3 formatidagi musiqalarni o‘qiy olishi hamda microSD-karta uyachasi bilan ham maqtana oladi.

HMD Global bu telefonni qachon rasman namoyish etishi hamda savdoga chiqarishi hozircha noma’lum.

Kiritildi: 13:13 05.02.2019. O'qildi: 2625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!